Eron Islom Respublikasi forscha: جمهوری اسلامی ایران Jomhuri ye Eslāmi ye Irān
| |
---|---|
Shior: forscha: اﺳﺘﻘﻼﻝ، ﺁﺯﺍﺩﻯ ا، جمهوری اسلامی / Esteqlāl, Āzādi, Jomhuri-ye Eslāmi (Istiqlol, Ozodlik, Islom Respublikasi) | |
Madhiya: سرود ملی جمهوری اسلامی ایران / Sorūd-e Mellī-ye Jomhūrī-ye Eslāmi-ye Īrān (Eron Islom Respublikasi davlat madhiyasi) | |
Poytaxt | Tehron |
Rasmiy til(lar) | Forscha |
Hukumat | Islom respublikasi |
Ali Xomanaiy | |
Masʼud Pizishkiyon | |
Tashkil topdi (1979-yil 1-aprel (Islom inqilobi)) | |
Maydon | |
• Butun |
1,648,000 km2 (17-oʻrin) |
• Suv (%) |
7.07 |
Aholi | |
• 2024-yilgi roʻyxat |
↗ 91 567 000 (17-oʻrin) |
• Zichlik | 48/km2 |
YIM (XQT) | 2016-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$. 1,459 trln (18-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$ 18,359 |
Pul birligi | Eron riali (IRR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
• Yoz (DST) |
UTC+4:30 |
Qisqartma | IR, IRN |
Telefon prefiksi | 98 |
Internet domeni | .ir |
|
Eron Islom Respublikasi (forscha: جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (forscha: ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 91 567 000 kishi (2024). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.
Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi.
Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan.
Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yil 2—5-dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989-yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2021-yildan Ibrohim Raisiy[1]). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Eron bolalarni qatl qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi.[2]